Loris “Leyptsig” bilan bo'lgan o'yindan keyin nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 366

Londonning “Tottenxem” klubi darvozaboni Ugo Loris “Leyptsig” (0:1) klubidan EChLning 1/8 final bosqichi dastlabki uchrashuvdan qabul qilib olingan mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
"Uchrashuvning so'nggi 20 daqiqasida to'pni nazorat qildik, lekin birinchi bo'limda bu ishni amalga oshira olmadik. “Leyptsig” energiyaga boy bo'lgan ajoyib jamoa. Ayrim vaziyatlarda biz yaxshi o'ynadik.
Lekin biz o'zimizni oqlashimiz kerak emas. Oxirigacha borish uchun kurashni davom ettirishimiz kerak. “Tottenxem”ni o'ylash vaqti yo'q. To'g'ri, natijadan qoniqmadik, ammo hozir bu borada hech narsa qila olmaymiz. O'tgan mavsumda “Ayaks” klubiga qarshi bo'lgani kabi yangi tarixni yaratishimiz kerak", - Lorisning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Guardian.

Bosh sahifaga
270