EChL. «RB Leyptsig» safarda «Tottenxem»ni mag'lub etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 616

Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida yana 2ta o'yin bo'lib o'tdi. Joze Mourino boshchiligidagi «Tottenxem» o'z uyida «Leyptsig»ni qabul qilib, imkoniyatn boy berdi.
Germaniyaliklar o'yinni o'ta faol boshlab, ilk daqiqalarda ikkita gol urish imkoniyatidan foydalana olishmadi. "Shporlar" posboni Ugo Loris 2ta seyv namoyish etishga muvaffaq bo'ldi.
Umuman olganda, Loris o'yin davomida yana bir necha marta "Tottenxem"ni goldan qutqarishiga to'g'ri keldi. Ammo bahsning 58-daqiqasida Timo Verner penaltidan yo'llagan zarbani Ugo qaytara olmadi.
Uchrashuvning 73-daqiqasida esa Lo Chelso tomonidan yo'llangan jarima zarbasi natijasida to'p "Leyptsig" darvozaboni qo'liga, so'ngra ustunga tegib, maydonni tark etdi.
Shu tariqa, "Leyptsig" klubi javob o'yini oldidan chorak finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lib oldi.
Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final, dastlabki o'yin
Tottenxem Angliya – RB Leyptsig Germaniya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 58, penalti Verner.
Tottenxem – Loris, Sanches, Devis, Ore, Alderveyreld, Lo Chelso, Jedson Fernandesh (Ndombele, 64), Lukas Moura, Uinks, Bergveyn, Alli (Lamela, 64).
RB Leyptsig – Gulachi, Klostermann, Mukiele, Anxelino, Ampadu, Nkunku (Aydara, 74), Laymer (Forsberg, 83), Zabittser, Xalstenberg, Verner, Shik (Poulsen, 77).
Ogohlantirishlar: Lo Chelso (10), Zabittser (12), Verner (33), Devis (56), Nkunku (72), Lamela (90).

Bosh sahifaga
231