Ilichich: "Valensiya"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 254

"Atalanta" EChLning 1/8 finalining birinchi o'yinida "Valensiya"ni qabul qiladi.
Yosip Ilichich "Atalanta" g'alaba uchun o'ynashiga va raqibga imkon qoldirmaslikka harakat qilishiga ishonmoqda.
"Bunday yuqori darajada texnik tayyorgarlikka ega bo'lgan jamoaga qarshi juda qiyin bahs bo'ladi. Biz ham kuchli tomonlarimizni bilamiz, g'alaba uchun o'ynaymiz, ko'p xatolarga yo'l qo'ymaslikka harakat qilamiz va ijobiy natijaga erishamiz. Biz raqibga bo'sh joy qoldirmasligimiz kerak, barchamiz himoyaga yordam berib, o'z imkoniyatlarimizni ishga solishimiz shart", - dedi Ilichich Football Italia nashrida.
Manba: Football ItaliaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340