Neymar «PSJ»ni tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 509

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Neymar Evropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida «Borussiya»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:2) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Ketma-ket 4ta o'yinda maydonga tushmaslik oson emas edi. Lekin bu mening qarorim emasdi. Bu klub va shifokorlar qarori edi. Biz ko'p gapirdik va bu menga yoqmadi. Men o'ynashni istagandim, o'zimni yaxshi his qilayotgandim, ammo klub cho'chidi. Bu esa menga salbiy ta'sir ko'rsatdi», — dedi Neymar.
«Borussiya»ga qarshi o'yingacha Neymar Frantsiya chempionati doirasida 3ta, Frantsiya kubogi doirasida bitta o'yinni o'tkazib yuborgan edi.
«PSJ» va «Borussiya» jamoalari o'rtasidagi javob o'yini 11 mart kuni Parijda bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335