EChL. Holandning dubli «Borussiya Dortmund»ga PSJ ustidan g'alaba keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346

Evropa chempionlar ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan "Borussiya Dortmund" hamda PSJ jamoalri o'rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur o'yinda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Mezbonlar safidan ikki golga Holand muallifilk qilgan bo'lsa, parijliklar safidagi yagona golni Neymar urishga erishdi.
Borussiya D Germaniya – PSJ Frantsiya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 69 Xoland, 1:1 – 75 Neymar, 2:1 – 77 Xoland.
Borussiya D – Byurki, Zagadu, Xummels, Pishchek, Xakimi, Vittsel, Gerreyru, Sancho (Shmeltser, 90), Djan, Azar (Reyna, 68), Xoland.
PSJ – Navas, Mene, Kurzava, Tiago Silva, Markinos, Verratti, Guye, Di Mariya (Sarabiya, 76), Kimpembe, Neymar, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Vittsel (44), Guye (54), Neymar (59), Mene (87), Verratti (89).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
193