Elmurat Tasmuradov beshinchi marta Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 419

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Xabar berganimizdek, musobaqani bugun klassik kurashchilar boshlab berishdi.
Bugungi bahslarda terma jamoamizning ikki nafar vakili Jasurbek Ortiqboev (-55 kg) va Elmurat Tasmuradov (-63 kg) finalgacha etib kelishdi. Afsuski, Ortiqboev hal qiluvchi bellashuvda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Elmurat Tasmuradov esa finalda koreyalik Jingsu Songga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Shu tariqa Tokio-2020 litsenziati 5 karra Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo'ldi. Yana bir vakilimiz Bekzod Umarov -77 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun qirg'izistonlik Renat Iliaz Uluga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Final:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboev – Puya Nosirpur (Eron) 0:8
-63 kg: Elmurat Tasmuradov – Jinsu Song (Janubiy Koreya) 9:0
Bronza medali uchun:
-77 kg: Bekzod Umarov – Renat Iliaz Ulu (Qirg'iziston) 0:5

Bosh sahifaga
276