Son Xyong-Min operatsiya qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 320

«Tottenxem» klubi «Aston Villa»ga qarshi o'yinda jarohat olgan Son Xyong-Minning holati haqida ma'lumot berdi.
Koreyalik futbolchining o'ng qo'li singani munosabati bilan operatsiya qilinadi. Jarrohlik amaliyotidan keyin Son bir necha hafta davomida maydonga tusha olmaydi, deyiladi "shporlar" bayonotida.
Son Xyong-Min APLning ushbu mavsumida 20ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi. U APLda 50ta gol urgan ilk osiyolik futbolchiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238