“Borussiya” murabbiyi: "PSJ" bilan bo'ladigan o'yin bizga bog'liq"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 375

Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr EChLning 1/8 finali doirasida "Pari Sen-Jermen" klubiga qarshi bo'ladigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Ushbu uchrashuvdan tayyorlanish mobaynida PSJning bir qator o'yinlarini tomosha qildik. Ularning har bir futbolchisini o'yinlarini tahlil qildik va biz bu uchrashuvga tayyormiz. Ular o'z guruhlarida “Real”dan ham yaxshi o'yin namoyish etgan xavfli raqib. Ularga qarshi bo'ladigan o'yin bizga bog'liq.
Albatta, "Borussiya"da o'ynash Erling Xolann uchun yangilik bo'ladi, lekin u bu mavsumda "Zaltsburg" tarkibida EChLda o'ynashga ulgurdi, shu sababli, u o'yinga kirishib ketishi uchun ko'p vaqt ketadi deb o'ylamayman", - Favrning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

Bosh sahifaga
245