Svetlana Radzivil mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 303

Frantsiyada engil atletika bo'yicha an'anaviy “Meeting elite en salle féminin du Val d’Oise” xalqaro turniri o'z yakuniga etdi. To'qqizinchi bor o'tkazilgan bu yilgi bahslar terma jamoamiz vakilasi Svetlana Radzivil uchun muvaffaqiyatli o'tdi.
Hamyurtimiz kuchli raqibalari orasida 1.93 metr balandlikni zabt etgan holda musobaqaning oltin medaliga sazovor bo'ldi. Radzivildan 2 sm. past natija qayd etgan Jenil Sheper (Sent-Lyusiya) kumush medal bilan taqdirlangan bo'lsa, ukrainalik Alina Shux uchinchi bo'ldi.
Engil atletika bo'yicha xalqaro turnir. Frantsiya.
Balandlikka sakrash, ayollar.
1. Svetlana Radzivil (O'zbekiston) – 1.93
2. Jenil Sheper (Sent-Lyusiya) – 1.91
3. Alina Shux (Ukraina) – 1.88 . . .
6. Nadiya Dusanova (O'zbekiston) – 1.81

Bosh sahifaga
226