Klopp: «Atletiko»ga qarshi o'yinda rotatsiya qilmayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 354

«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida «Atletiko»ga qarshi bo'ladigan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Barchasi joyida. Hamma sog'-salomat va o'yinga tayyor.
Bu o'yinda rotatsiyaga qo'l urmayman. «Norvich» va «Atletiko» jamoalari o'rtasida o'xshashlik bor. Shuning uchun so'nggi o'yin biz uchun «Atletiko»ga qarshi yaxshi tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Ammo madridliklar jismoniy jihatdan juda kuchli va yaxshi shakllangan: qarshi hujum, futbolchilarning yuqori mahorati va yaxshi himoya.
Biz bunday jamoalarga qarshi o'ynab o'rganganmiz. Shu bois, o'yinni intizorlik bilan kutamiz», – dedi Klopp.
Barcha fikrlar: 1


Edem
18 Fevral 2020, 12:25
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192