Zoyir Mirzaev Qashqadaryo viloyatidagi futbol klublarining rahbarlari bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 318

Mazkur uchrashuvda ayrim ommaviy axborot vositalari, xususan saytimiz ijodkorlari chaqirilmagan bo'lsa-da, tafsilotlarni har joydan so'rab yoritishga qaror qildik.
Xullas, uchrashuv Qarshi shahridagi “O'zbekneftgaz" Aktsiyadorlik Jamiyati asosiy binosida bo'lib o'tgan.
Unda Qashqadaryo viloyati hokimi va viloyatdagi 3 ta: “Nasaf”, “Mash'al” hamda “Sho'rtan» futbol jamoalarining futbol mutasaddilari, futbol muxlislari hamda futbolga aloqador barcha shaxslar ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan asosiy ko'zlangan maqsad viloyat hokimi tomonidan “Nasaf” futbol klubini joriy mavsumning O'zbekiston chempionatida kuchli uchlikdan joy olishi ustuvor vazifa etib belgilandi.
Qolaversa, viloyatning qolgan barcha jamoalarini yanada kuchaytirib Qashqadaryoga futbol sport turini rivojlanishi haqida ta'kidlanib o'tildi. Viloyat hokimi kubogi uchun 400 million so'm ajratadigan bo'ldi. Tuman va shahar hokimliklarining o'z futbol klubi bo'lishi kerakligi ham aytib o'tildi.

Bosh sahifaga
194