«Monako» Mertensga ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 341

"Napoli" hujumchisi Dris Mertens faoliyatini "Monako"da davom ettirishi mumkin.
Frantsiya klubi 32 yoshli futbolchiga mavsum uchun 5 million evro maosh bilan ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda, deb xabar beradi Corriere dello Sport nashri.
"Napoli" allaqachon yozda shartnoma muddati tugaydigan Mertens bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Neapoliklar Mertensga 4,5 million evro maosh bilan yangi shartnoma taklif qildi biroq bu futbolchini qoniqtirmadi.
Ushbu mavsumda Mertens barcha turnirlarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Manba: Corriere Dello SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216