Arveladze: "O'yinimizda kamchiliklar bor"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 652

"Paxtakor"ning Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi Eronning "Shahr Xodro" klubiga qarshi o'yinidan keyin matbuot anjumani o'tkazildi. Unda Shota Arveladze va Igor Sergeev ishtirok etdi.
Shota Arveladze:
— Yigitlar va muxlislarni yirik g'alaba bilan tabriklayman. Lekin o'yinimizda baribir kamchiliklar borligi bilindi. Mavsum boshida ekanimiz sezildi, bir necha xatolarga yo'l qo'ydik. Ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartirdik va uch gol urdik. O'yin amaliyoti kamligi bilindi. Eron jamoalari jismonan baquvvat ekanini ta'kidlash lozim. Shunga qaramay, ikkinchi bo'limda ular ham charchab qolishgandek bo'ldi.
Futbol jamoaviy o'ynaladi. Darvozabon qutqarishi, hujumchi esa gol urishi kerak. Bugun shunday bo'ldi. Xatolar ham jamoaviy xatolardir. Markazda ko'plab to'p yo'qotishlarga yo'l qo'ydik. Buning sababi etarli sur'atga kirib olmaganimiz bilan bog'liq.
Raqibni mensimaslik bo'lgani yo'q. Statistika o'yinga ta'sir ko'rsatmaydi. Ilgari ularni enggan bo'lsak, bugun ham shunday bo'ladi degani emas. O'rtoqlik o'yinlaridan rasmiy bahslar katta farq qiladi. Keyingi o'yinlar oldidan yaxshiroq holatga kirib olishga umid qilamiz.
Igor Sergeev:
— Qiyin o'yin o'tkazdik, ammo muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Birdamlik bilan o'ynab ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartirdik. Ishqibozlarga rahmat aytaman. Ular bizga katta yordam berishdi.

Bosh sahifaga
226