Immobile Ronaldu va Obameyangni ortda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 707

«Latsio» hujumchisi Chiro Immobile Italiya chempionatining 24-turidan o'rin olgan «Inter»ga qarshi o'yinda penaltidan gol urdi.
Immobilening A seriyaning so'nggi 4ta mavsumida kiritgan to'plari soni 93taga etdi.
Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida bu ko'rsatkich bo'yicha faqat «Barselona» sardori Lionel Messi (121 gol) va «Bavariya» forvardi Robert Levandovski (104) oldinda borishmoqda.
2016/2017 yilgi mavsum boshidan buyon milliy chempionatlari doirasida urayotgan gollari soni bo'yicha 29 yoshli Immobile "Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang (91 gol) va «Yuventus» to'purari Krishtianu Ronaldu (92)ni ortda qoldirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225