«Manchester Siti» 2013/14 mavsumdagi APL chempionligidan mahrum qilinishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 454

«Manchester Siti» klubi UEFA tomonidan ikki yilga evrokuboklardan chetlatilgani bois Angliya premer-ligasi ham klubga nisbatan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.
UEFAning aniqlashicha, «Siti» 2012-2016 yillarda moliyaviy qalloblikka yo'l qo'ygan. Daily Mail tarqatgan xabarga ko'ra, buning uchun "shaharliklar" 2013/14 yilgi mavsumda qo'lga kiritilgan APL chempionligidan mahrum etilishi mumkin. O'sha mavsumda 2-o'rinni "Liverpul" qo'lga kiritgan edi.
Shuningdek, APLning ushbu mavsumida ham «Siti»dan ochko tortib olinishi mumkin. Klubning ta'kidlashicha, Sport arbitraj sudiga murojaat qilishdan oldin jamoa ixtiyorida rad qilib bo'lmas faktlar mavjud. «Siti» o'zini oqlash uchun huquqshunoslarga 10 million dollar sarflamoqda.

Bosh sahifaga
242