Rayola: «Yo Donnarumma ketadi, yoki undan voz kechaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 615

Taniqli futbol agenti Mino Rayola yozda Djanluidji Donnarummani boshqa klubga olib o'tish niyati ekanligini aytib o'tdi.
Mino Rayola bir necha yillardan beri Djanluidji Donnarummani EChLning bosh sovrini uchun kurashadigan klubga olib o'tishga harakat qilib keladi.
«Men Donnarummani «Milan»dan ketishi uchun bor kuchimni ishga solaman. O'ylashimcha, “Milan” mijozimni aldab kelmoqda, ayniqsa, maosh borasida. Uning hozirgi yillik maoshi 6 million evro, bu maosh bunday saviyadagi darvozabon uchun kam.
Agar Donnarumma yozda jamoadan ketmasa, men undan voz kechaman. Men bir joyda uzoq turishdan ma'no ko'rmayapman», — dedi Rayola.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213