VI Islom birdamligi o'yinlari. Futzalchilarimiz Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 959

Saudiya Arabistonida boshlangan VI Islom birdamlik o'yinlarining futzal musobaqasi doirasida bugun dastlabki bahslar o'tkazildi. "A" guruhida ishtirok etayotgan O'zbekiston futzal terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqdi.
Birinchi bo'lim tengkurashlar ostida kechdi. Gollar esa taymning so'nggi daqiqasida urildi. Abdulla Ali Almachrabi dabl-penaltidan hisobni ochdi — 1:0. Biroq jamoamiz tezda javob qaytardi: shu daqiqadayoq Muzaffar Axadjonov gol urib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Ikkinchi bo'limda o'zbekistonlik futzalchilar ustunlikni to'liq o'z qo'liga oldi. 27-daqiqada Muhammadali Husanboev jamoamizni oldinga olib chiqdi — 1:2. Oradan besh daqiqa o'tib Akbar Usmonov hisobni 1:3 qilib oshirdi. 34-daqiqada Mashrab Odilovning goli ustunlikni yanada mustahkamladi — 1:4.
Uchrashuv so'ngida Saudiya terma jamoasi beshinchi o'yinchi taktikasi ostida harakat qila boshladi. Buning natijasida Solih Mari Alqarniy bitta javob to'pini kiritgan bo'lsa, darvozabonimiz Abbos Elmurodov beshinchi golimizga mualliflik qildi — 2:5!
Bu natija bilan O'zbekiston terma jamoasi “A” guruhida ilk turni ishonchli g'alaba bilan yakunladi.
VI Islom birdamlik o'yinlari. “A” guruhi, 1-tur
Saudiya Arabistoni – O'zbekiston – 2:5
Gollar:
1:0 — Abdulla Ali Almachrabi (20')
1:1 — Muzaffar Axadjonov (20’)
1:2 — Muhammadali Husanboev (27')
1:3 — Akbar Usmonov (32')
1:4 — Mashrab Odilov (34')
2:4 — Solih Mari Alqarni (38')
2:5 — Abbos Elmurodov (39')
Ogohlantirish: Xayrullo Solixov (5')

Bosh sahifaga
163