“Norvich” darvozaboni: "Ko'rsatgan chiroyli o'yining APLda hech narsani anglatmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 336

Angliyaning "Norvich" klubi darvozaboni Tim Krul "Liverpul" (0:1) klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men turli hil hissiyotlar ham ko'p gapirganman. Ko'rsatgan o'yiningdan g'ururlanib kiyinish xonasida mag'rur o'tirasan, ammo bu APLda hech narsani anglatmaydi. Biz o'yinga borimizni berdik, lekin bu etarli bo'lmadi. "Liverpul" – dunyoning eng kuchli klubi. Sadio Manening ko'rsatayotgan o'yiniga qarang– u top darajadagi futbolchi.
Ko'rsatgan o'yinimizdan faxrlanishimiz kerak. Bu yashash uchun kurash bo'ldi. Oldimizda kuchli klublarga qarshi bir qator o'yinlarimiz turibdi, biz ularni mag'lub etishimiz kerak", - darvozabonning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

Bosh sahifaga
196