Tuxel: "Dahshatli o'yin bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 373

Frantsiyaning “PSJ” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Liga 1ning 25-turida "Amen" (4:4) klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bizga kontsentratsiya etishmadi. Bir nechta vaziyatlarda gol kirita olmadik. Dahshat o'yin bo'ldi. "Amen" darvozamizga 3 ta zarba yo'lladi va 3 ta gol urdi. Shu sababli, hisobni tenglashtirishga majbur bo'ldik. Nima hodisa ro'y bergan bo'lsa, uni qabul qilishga majburmiz. Xatolarimiz ma'lum va ularni bartaraf qilishimiz kerak", - Tuxelning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda TMW.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184