«Liverpul» fevral oyidayoq kelasi yilga EChL yo'llanmasini hal qilib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 400
«Liverpul» Angliya chempionatining 26-turi doirasida «Norvich»ni mag'lub etdi. Ushbu g'alaba tufayli Yurgen Klopp jamoasi kelasi mavsumda Evropa chempionlar ligasidagi o'z ishtirokini ta'minlab qo'ydi.
«Liverpul»ning ochkolari soni 76taga etdi va jamoa 5-o'rindan pastga tushib ketmasligi aniq bo'ldi. Ikki yilga evrokuboklardan chetlatilgan «Manchester Siti» UEFAning qarorni bekorga qildira olmasa, APLdan 5-o'rindagi jamoaga ham EChL yo'llanmasi taqdim etiladi.
«Man Siti», «Lester», «Chelsi» va «Tottenxem» klublari nazariy jihatdan mersisaydliklarga etib olish uchun imkoniyatga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244