3 yil avval aynan shu kunda Argentina Jahon chempionligini qo'lga kiritgan edi

Bundan roppa-rosa uch yil muqaddam, 2022 yil 18 dekabr kuni jahon chempionati finali bo'lib o'tgan edi. Finalda Frantsiya va Argentina terma jamoalari o'zaro o'ynashdi. Frantsuzlar ketma-ket ikkinchi mundial g'olibligiga da'vogarlik qilishdi.
Birinchi bo'limdan keyin Argentina Lionel Messi va Anxel di Mariyaning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. Ikkinchi bo'lim yakuniga yaqin Frantsiya kambek qildi - 80 va 81-daqiqalarda Kilian Mbappe gol urdi.
Qo'shimcha bo'limlarda jamoflar gol almashishdi. Vaziyat penaltilar seriyasiga qadar etib bordi, unda "albiseleste"ga omad kulib boqdi. Ular tarixda uchinchi marta va 1986 yildan beri birinchi marta jahon chempioni bo'lishdi.
Lionel Messi o'sha oqshom jahon kubogini boshi uzra ko'tardi.