3 grand klub Xavini qo'lga kiritish uchun kurash olib boradi
«Tottenxem»ning hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons jamoaga kelganidan bor-yo'g'i bir yil o'tib, klubni tark etishi mumkin. «Shporlar» Premer-liga yakuniga besh tur qolganda xavfli hududda (tushib ketish zonasida) bormoqda va jamoa etakchilarining kelajagi so'roq ostida qolgan. Ular orasida Simons ham bor, chunki uni Chempionshipda tasavvur qilish qiyin.
Jurnalist Ekrem Konurning ma'lumotiga ko'ra, niderlandiyalik futbolchiga «Arsenal» va «Bavariya» qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, uning sobiq klubi «PSJ» ham da'vogarlar qatorida tilga olinyapti. Transfer qiymati 50 million evrodan oshishi mumkin. Xavi Simons o'tgan yilning avgust oyida «RB Leyptsig»dan «Tottenxem»ga 65 million evro evaziga o'tgan edi. 21 aprel kuni futbolchi 23 yoshini qarshi oladi.