«Inter» Pisarro bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328

Devid Bekxem xo'jayinlik qiladigan AQShning «Inter» Mayami klubi Rodolfo Pisarro bilan shartnoma qilganini rasman e'lon qildi.
“Inter Mayami” klubi yozda Edinson Kavani, Luis Suares, Neymar, David Silva va boshqa top-futbolchilarni sotib olishga harakat qilgandi, lekin yakunda shuncha harakat zoe ketgandi.
«Inter Mayami» ularning o'rniga Matias Pellegrini va Rodolfo Pisarrolar bilan shartnoma qilishga erishdi.
«Mayami» klubi sport direktori tranfer bozorida jamoa faol bo'lishini aytib o'tdi.
«Yana bir legioner futbolchini qo'lga kiritish imkoniyatimiz bor. Bizning ambitsiyamiz yuqori. Juda ko'plab futbolchilarni kuzatyapmiz. O'ylaymanki, ikki qanotda ham birdek o'ynay oladigan yarim himoyachini o'z safimizga qo'shib olamiz», — dedi Pol Makdono.

Bosh sahifaga
176