“Barselona”da eng hazilkash futbolchi kim? Malkom javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 501

Rossiyaning "Zenit" klubi futbolchisi Malkom Kataloniyaning "Barselona" klubi kiyinish xonasidagi xotiralarni esladi.
"Jordi Alba, Arturo Vidalva Jerar Pikelarni alohida ko'rsatgan bo'lardim. Biz doim bir birimiz bilan hazil qilib turardik. Bir safar Pike mashg'ulotlarga baxila (tibbiy tselofan)da tashrif buyurdi. Unga buni mehmonxonada berishgan ekan, lekin Pike uni echishni unutibdi va shu ahvolda kelaveribdi. Biz uning ahvolini telefonda tasvirga olib, internetga joylagandik. Bu juda kulguli bo'lgan edi!" – dedi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Malkom "Barselona" tarkibida bir mavsum to'p surdi va “Zenit” klubiga 40 millionevroga sotib yuborildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189