«Lester» Meddisonning narxini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

Sky Sports portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning «Lester» klubi o'z yarim himoyachisi Djeyms Meddisonni «Manchester Yunayted» klubiga sotishga tayyor.
«Tulkilar» futbolchining narxini 80 million funt qilib belgiladi.
Avvalroq, 21 yoshli angliyalik futbolchining xizmatiga «qizil iblislar» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Meddison joriy mavsumda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritdi va 4 golli pasni amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189