Otabek Shukurov: «InshaAlloh, yozda Evropaga ketish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 330

Qozog'istonning Sports.kz internet portali jurnalisti BAAda to'p surayotgan hamyurtimiz Otabek Shukurov bilan intervyu uyushtirdi.
Yaqindagina BAAda to'p surgan birinchi qozoq futbolchisiga aylangan Baurjan Islamxan “Al-Ayn” safida o'zining ilk uchrashuvini o'tkazdi. Qizig'i shundaki, uning jamoasiga raqiblik qilgan “Sharja” klubi safida 23 yoshli o'zbek futbolchisi – Otabek Shukurov to'p surdi. Biz transfer qiymati 2 million evroga teng bo'lgan 23 yoshli o'zbek futbolchisi bilan suhbat uyushtirdik.
— Otabek, siz ikki yildan beri BAAda to'p surib kelyapsiz. Ushbu yurt va mahalliy futbol haqida qanday fikrdasiz?
— Darhaqiqat, bu erga kelganimga ikki yildan oshdi. Bu erda ichki birinchilik yaxshi yo'lga qo'yilgan. Mahalliy jamoalarda legionerlarning tutgan o'rni salmoqli. Har bir jamoada yuqori saviyadagi 4 ta xorijlik futbolchi harakat qiladi. Quvonarlisi shundaki, bu erda har mavsum bir yo'la 8 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi. Intriga katta bo'lgani bois, o'yinlar ham qiziqarli o'tadi.
— O'zbek futboli bilan BAAdagi futbol o'rtasida farq kattami?
— Yuqorida aytganimdek, bu erda asosan legionerlar o'yinni belgilab beradi. Bizda asosan mahalliy futbolchilar to'p surishadi. Aynan shu jabhada farq keskin katta.
— Yangi yurtdagi sharoitlarga ko'nikish qiyin bo'ldimi?
— Bu erda yashash yaxshi. Barcha musulmon va atrofda masjidlar ko'p. Men bu erda oilam bilan istiqomat qilaman. Hammasi joyida.
— Baurjan Islamxan degan futbolchini taniysizmi?
— Ha albatta, u “Al-Ayn” safiga o'tdi. Aytishicha, 6 oyga mo'ljallangan shartnoma tuzibdi. Biz u bilan maydonda ham to'qnash kelishga ulgurdik. U ikkinchi bo'limda maydonga tushdi va yaxshi o'yin o'tkazdi. Yaxshi futbolchi. Yozda Rossiya yoki Evropaga ketmoqchi. Qo'shnilarimizning eng yaxshi futbolchisi deb xisoblayman. U BAA chempionatidan ham saviyaliroq birinchiliklarda to'p surishga qodir. Unga jarohat olmasligini va ulkan g'alabalarni tilan qolaman.
— Ayni damda “Al-Ayn” va “Sharja” printsipial raqiblar sanaladi. Maydonda qozog'istonlik futbolchiga qarshi dushman bilan jang qilgandek o'ynadingizmi?
— Ha, aytganingizdek, “Al-Ayn” biz uchun o'zgacha raqib. Bu mavsumda biz ular bilan chempionlik poygasida ishtirok etyapmiz. Bu mavsumdagi ilk uchrashuvda biz 3:2 natijasida g'alaba qozongan edi. Ikkinchi oyinda 1:1 o'ynadik. Ular yaxshi jamoa, biroq biz bu to'qnashuvlarda 4 ochko ishlab oldik. Islamxan borasida fikrlarim ijobiy. U tezda ko'nikib ketsa, BAAda o'ynab ketishiga ishonaman.
— Sizningizcha, “Al-Ayn” qanchalar kuchli jamoa?
— Men Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi safida ham bu klubga qarshi to'p surganman. Yaxshi va muoliyaviy qudratga ega klub. Ayni damda ularning ishlari chakki emas, biroq bir necha yil ilgari bu klub umuman yuqori darajada edi. O'tgan yili ularning ishi biroz yurishmadi, biroq bu mavsum hammasi ko'ngildagidek ketmoqda.
— Avvallari bu erda o'zbek futbolchilar juda ko'p edi. Endi faqat siz o'zingiz. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?
— Bunisini bilmadim. Menimcha limit bilan ham bog'liq. Avvallari bu erda 3+1 ko'rinishidagi legionerlarni jalb etishar edi. Bundan 2 yil avval legionerlarning limiti 4+ ko'rinishida o'zgartirildi. Shu sababli, klublar bor kuchi bilan Evropadan futbolchi xarid qilishga tushib ketishdi. Bu erda legionerlarning o'yini chiqmasa, bir zumda boshqasini olib kelishadi. Nasib qilsa, bu erda o'zbek futbolchilar ko'payadi. Hozircha men bir o'zimman.
— Nima deb o'ylaysiz, BAA chempionatida yuqori tempda o'ynayotganingiz karerangiz uchun foydalimi yoki Evropa ketish to'g'ri fikr deb o'ylasizmi?
— O'zim Evropada to'p surishni istayman. Shu sababli har kuni mashg'ulotlarda ter to'kib ishlayman. Ishoning, Evropaga ketish mening birinchi maqsadim edi, biroq “China Cup” musobaqasidagi jarohatim sababli 5 oy katta futboldan chetda qoldim. Sekin-astalik bilan maydonga qaytgan bo'lsamda, og'riq 2-3 oy davomida meni tark etmadi. Faqat shu sababligini o'tgan yili Evropaga keta olmadim. InshaAlloh, yozda Evropaga ketish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. O'zimning ham niyatim Evropaga ketish. U erda futbol qanday darajada ekanligini o'zingiz ham yaxshi bilasiz.
Manba: sport.kz
Bosh sahifaga
259