Vitor Reys "Manchester Siti"ga qanday o'tganini esladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Braziliyalik himoyachi Vitor Reys "Manchester Siti"ga o'tishi haqidagi taassurotlarini aytib berdi. 2025 yil boshida "shaharliklar" 19 yoshli futbolchi uchun qariyb 40 million evro to'lagan edi.
"Hamma narsa juda tez sodir bo'ldi. "Manchester Siti" taklif qilganida, bu men uchun katta quvonch bo'ldi. Oilam menga katta yordam ko'rsatdi va men vaziyatni yaxshi engib o'tdim," - deya Reysning so'zlarini keltiradi Sky Blues.
Yozda himoyachi Xosep Gvardiola qo'l ostida deyarli o'ynamagani sababli "Manchester Siti"dan "Jirona"ga ijara asosida o'tgan edi. Kataloniya klubi safida Reys Ispaniya chempionatining 7 ta o'yinida ishtirok etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
491