"Chelsi" 2026 yildagi asosiy transfer maqsadini belgilab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

Londonning "Chelsi" klubi hujum chizig'ini "Aston Villa" va Angliya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojers bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda CaughtOffside xabar bermoqda.
Futbolchi bilan bog'liq vaziyatga yaqin manbalarning aytishicha, ayni damda Rojers bilan shartnoma imzolash uchun kurashda "Chelsi" favorit hisoblanadi. London klubi uni 2026 yil uchun asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan. Ta'kidlanishicha, "Aston Villa" xavbekni 92 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Futbolchiga "Liverpul" va "PSJ" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda 23 yoshli Rojers barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237