"Fulxem" ustozi "Arsenal"ning kuchli tomonlari nimada ekanligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

"Fulxem" bosh murabbiyi Marku Silva "Arsenal" darajasiga baho berdi. "Kottejerlar" va "kanonirlar" o'rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.
"O'tgan mavsum bilan solishtiradigan bo'lsak, "Arsenal" zaxira o'rindig'ini ancha kuchaytirdi. Jamoa juda kuchli ekani barchaga ayon va bu o'yinda, natijalarda o'z aksini topmoqda.
"Arsenal"ning himoyadagi ishonchliligi hech kimni ajablantirmadi. Ehtimol, ularning markaziy himoyachilari nafaqat APLda, balki butun Evropada eng kuchlilardan biridir," - dedi Silva matbuot anjumanida.
Mikel Arteta jamoasi 7 turdan so'ng 16 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Fulxem" 8 ochko bilan 14-pog'onani band etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277