Flikda bugungi o'yin uchun tarkib deyarli aniq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 224

Bugun "Barselona" La Liga 9-turidan o'rin olgan "Jirona"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:15da boshlanadi.
"Ko'k-anorranglilar"ning boshlang'ich tarkibida faqat ikkita pozitsiya - "o'nlik" zonasida va hujumning o'ng tomonida savollar tug'ilmoqda, deb yozadi Mundo Deportivo. Hujum orti pozitsiyasida bosh murabbiy Xans-Diter Flik Fermin Lopes va Pedro Fernandes o'rtasida tanlov qiladi, shuningdek, bosh murabbiy Lamin Yamalni zaxirada qoldirib, uning o'rniga Runi Bardjini asosiy tarkibda maydonga tushirishi mumkin.
Manbaning ta'kidlashicha, darvozada Voytsex Shesni, himoyada Jerar Martin, Pau Kubarsi, Erik Garsiya va Jyul Kunde o'ynaydi. Maydon markazidan Pedri va Frenki de Yong joy oladi. Chap qanot hujumida Alexandro Balde, markaziy hujumda Markus Reshford harakat qiladi.

Bosh sahifaga
277