Ronaldu: «Mashaqqatli mehnat»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

Saudiya Arabistoni chempionatining 5-turi doirasida "An-Nasr" o'z maydonida "Al-Fateh"ni qabul qiladi. Bellashuv oldidan mezbonlarning portugaliyalik markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqda ikki og'iz so'z yozib qoldirdi.
"Mashaqqatli mehnat," - deyiladi 40 yoshli futbolchining xabarida.
Eslatib o'tamiz, "An-Nasr"ning "Al-Fateh"ga qarshi o'yini bugun, 18 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Krishtianu 4 ta o'yinda qatnashib, 4 ta gol urgan. Portugaliyalikning bozor narxi 12 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272