“Malaga” Ronalduni sotib olishi mumkin edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 440

Ispaniyaning “Malaga” klubi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolashga yaqin kelgani haqida Goal.com portali xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, “Malaga” klubi skautlari 2002 yili Ronalduni Evropada bo'lib o'tgan 17 yoshgacha bo'lib o'tgan Evropa chempionatida ko'z ostiga olib qo'yishgandi.
U paytda Krishtianu “Sporting” klubi futbolchisi sanalardi. “Malaga”Ronaldu uchun besh yuz ming evro taklif qilishgan, lissabonliklar esa uch yarim million evro talab qilishgandi.
"Krishtianu juda yosh edi. U o'sha paytda o'zining jismoniy harakatlari bilan ajralib turardi. Lekin klubimiz prezidenti u bilan yarim million evrodan ortiq pul to'lamasligimizni aytdi", - dedi “Malaga” skauti Rinkon.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263