Koutino: “Bundesligada chempion bo'lish qiyin”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 375

Braziliyalik yarim himoyachi Bundesliga bilan APLni taqqosladi.
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino Germaniya chempionati saviyasi fikr bildirdi.
"So'nggi bir necha oyda shunga amin bo'ldimki, Bundesliga juda muvozanatli chempionat hisoblanadi. Bu erda hamma g'alaba qozonishni xohlaydi, shu bois, bu erda chempion bo'lish qiyin.
Shu taraflama Germaniya chempionati APLga o'xshaydi. U erda jismoniy tayyorgarlik birinchi o'rinda turadi. Maydonda o'ylash uchun vaqt bo'lmaydi. Germaniyada ham Angliya kabi tezkor o'yin ko'rsatishadi. Ammo futbolchilar texnik o'yin namoyish etishga ham harakat qilishmoqda", - Koutinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sports Illustrated.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207