«Tottenhem» «Leyptsig» himoyachisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 351

"Leyptsig" himoyachisi Dayot Upamekano "Tottenhem" qiziqish doirasiga tushdi, deb xabar beradi Britaniya OAV.
Daily Mail xabariga ko'ra, "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourino futbolchini o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda.
Klub skautlari "Leyptsig"ning "Bavariya" bilan uchrashuviga tashrif buyurib futbolchini kuzatishgan.
Futbolchining shartnomasida tovon puli miqdori 50 million funt sterlingni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, 21 yoshli frantsiyalik futbolchi ushbu mavsumda "Leyptsig" safida 24 o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Manba: Daily MailFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187