"U kiyinish xonasida yarim soat yalong'och yotgandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 886

Chili terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi, ayni paytda Angliyaning “Lids” klubini boshqarayotgan Marselo Belsa, terma jamoadagi faoliyati mobaynida antiqa ishlarni amalga oshirganligi haqida Mark Gonsales va Xose Fuensalidalar so'zlab berishdi.
"Qachonlardin Belsa kiyinish xonasiga kirganida u issiqdan “yonardi”. Hech bir gap so'z aytmay, u yoqdan, bu yoqqa yurardi. Kiyinish xonamizni yonida yana bir xona bor edi va u o'sha xonaga kirib ketdi. Biz u nima bilan shug'ullanayotganini ko'rish maqsadida qiziqib, u yotgan xonaga mo'raladik. U o'sha xonada operatsiya stolida yarim soatga yaqin yalong'och yotgan edi.
Bundan va shunga o'xshash hodisalar bir necha marotaba takrorlangan. Italiya terma jamoasiga 0:1 hisobida yutqazib qo'yganmiz, raqib ajoyib o'yin namoyish etgandi. Belsa kiyinish xonasiga kirib rosa g'azablandi.U tom ma'noda aqldan ozib qolgandi– kiyinish xonasida yugurardi, ko'ylak va shimlarini yirtib tashlagandi", - Gonsalesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Daily Star.

Bosh sahifaga
174