“Barselona” sobiq futbolchisi koronavirus sabab Xitoyni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 426

Kataloniyaning “Barselona”, “Manchester Siti” va Kot-d'Ivuar terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture Xitoyning “Tsindao Xuanxay” klubini tark etib, Paragvay chempionatiga yo'l olishi mumkinligi haqida Ole nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, futbolchini koronavirus sababli Xitoydagi vaziyat qoniqtirmayapti. Koronavirus sababli, Xitoy chempionati noma'lum muddatga qoldirilgan.
Paragvayning “Libertad” klubi taniqli futbolchini sotib olishga tayyor. Taniqli futbol agenti Rodrigo Kodas ushbu bitimni amalga oshirishga yaqindan yordam bermoqchi. U yaqinda Emmanuel Adebayorni Turkiyaning “Kayserispor” klubidan Paragvayning “Olimpiya” klubiga o'tishiga bosh-qosh bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173