Shesni: «Yuventus» bilan barcha sovrinlarni yutishga umid qilaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 354

Turinning “Yuventus” klubi darvozaboni Voytsex Shesni jamoa bilan shartnomasini uzaytirgandan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Yuventus» klubi bilan shartnomamni uzaytirganimdan baxtiyorman. Buyuk klubning birinchi raqamli formasini kiyishga loyiq ekanligimni rahbariyat ijobiy baholadi. “Yuventus” klubi men bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qilganidan minnatdorman. Hozir mening yagona orzum – “Yuve” bilan barcha turnirlarda g'olib chiqish. Buni judayam xohlayman.
Bu erda baxtiyor bo'lishim uchun ko'plab qiyinchiliklarni bosib o'tdim. Oldinga qadam tashlash uchun tayyorman», — dedi Voytsex Shesni 4,5 yillik shartnomaga imzo chekkanidan keyin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202