«Bavariya» Noyer, Myuller va Alkantarlar bo'yicha yakuniy qarorga keldimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 410

Myunxenning “Bavariya” klubi tarkibdagi bir qator futbolchilar bilan shartnomani uzaytirish borasida ish olib bormoqda.
Sport Bild nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, klubi darvozabon Manuel Noyer bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. U «Bavariya» klubi safida 2021 yilning yozigacha o'ynashda davom etadi.
Qayd etilishicha, klub rahbariyati Tomas Myuller va Tyago Alkantaralar bilan ham yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishga umid qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, ushbu futbolchilar bilan shartnoma imzolash yoki imzolamaslik EChLning 1/8 final bosqichi doirasida «Chelsi» klubiga qarshi bo'ladigan o'yindan keyin oydinlik kiritiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206