Dembele yozda «Liverpul»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 370

Daily Star nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Usmon Dembele faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
«Qizillar» yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Djerdan Shakirining o'rniga hujumchi olib kelishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, «Liverpul» yozda 22 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi. «Ko'k-anorranglilar» Dembeleni 120 million evroga sotib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Finlandiyada operatsiya qilingan Usmon Dembele uchun mavsum yakunlangani haqida ma'lumot tarqatilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231