O'zbekiston U-19 termasi Rossiya terma jamoasiga mag'lub bo'ldi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264

Oktyabr oyida yurtimizda o'tkaziladigan 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib borayotgan Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar jamoasi 31 yanvardan buyon Turkiyada yig'in o'tkazmoqda. Bu haqda O'FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Mazkur o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida yoshlarimiz bugun, 11 fevral kuni so'nggi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi. Rossiya U-19 terma jamoasiga qarshi o'tgan o'yin 0:2 hisobida raqiblar foydasiga hal bo'ldi. Vakillarimiz uchun ushbu yig'in yakunlandi va jamoa 12 fevral kuni yurtimizga qaytib keladi.
O'rtoqlik uchrashuvi. Turkiya, Belek.
11 fevral (seshanba)
O'zbekiston U-19 – Rossiya U-19 0:2
O'zbekiston U-19: Shukron Yo'ldoshev, Jasur Xoldorov, Abubakr Turdaliev, Saidazamat Mirsaidov, Ibrohimxalil Yo'ldoshev, Muhammadaziz Ibrohimov, Jasur Jaloliddinov, Diyor Rahimqulov, Abdulaziz Abdusalomov, Asadjon Azimjonov, Ulug'bek Xoshimov.
Zaxira: Izzat Tursunov, Shoxjahon Sultonmurodov, Alibek Davronov, Jafar Karimov, Eldorbek Begimov, Abdurauf Bo'riev, Diyor Ramazonov, Ibrohim Ibragimov, Muhammadqodir Rahimberganov, Muzaffar Olimjonov, Ruslan Roziev, Otabek Jo'raqo'ziev.
Ma'lumot uchun, Kapadze shogirdlari 8 fevral kuni Ukrainaning «Shaxtyor» U-21 klubiga qarshi bahsda 3:3 hisobini qayd etgandi.
Manba: www.ufa.uz
Bosh sahifaga
234