Emeri: «Moslashish uchun Pepega ozgina vaqt kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 351

Londonning «Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Unay Emeri agar u jamoadan ketmaganida Nikolya Pepeni yorqin o'yin namoyish etishiga yordam berishini aytib o'tdi.
O'tgan yilning yozida Nikolya Pepe «Arsenal» klubiga «Lill» klubidan 72 million evroga ko'chib o'tgandi. Nikolya o'zini ko'rsata olmagani uchun klub ushbu transfer uchun keskin tanqid ostiga olingan edi.
«Har bir futbolchiga moslashish uchun vaqt kerak bo'ladi. Kimgadir ko'proq, kimgadir ozroq. Ishoning, agar klub bu futbolchining iqtidoriga ishonch bildirmasa, uni bunday katta mabdag'ga sotib olmaydi.
Nikolyaning iqtidori bor, agar meni iste'foga chiqarib yuborishmaganida, men uning ochilishiga yordam bergan bo'lardim», — dedi Emeri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227