Italiyaning Estoniya va Isroilga qarshi o'yinlar uchun qaydnomasi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 250

Italiya terma jamoasining navbatdagi o'yinlar uchun tarkibi ma'lum bo'ldi.
Jennaro Gattuzo boshchiligidagi jamoa JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Estoniya (11 oktyabr) va Isroilga (14 oktyabr) qarshi bahs olib boradi.
Darvozabonlar: Marko Karnezekki («Atalanta»), Djanluidji Donnarumma («Manchester Siti»), Aleks Meret («Napoli»), Gulelmo Vikario («Tottenxem»);
Himoyachilar: Alessandro Bastoni, Federiko Dimarko (ikkalasi – «Inter»), Rikkardo Kalafori («Arsenal»), Andrea Kambyazo («Yuventus), Diego Koppola («Brayton»), Djovanni Di Lorentso («Napoli»), Matteo Gabbiya («Milan»), Djanluka Manchini («Roma»), Destini Udodji («Tottenxem»);
Yarim himoyachilar: Nikolo Barella, Davide Frattezi (ikkalasi – «Inter»), Brayan Kristante («Roma»), Manuel Lokatelli («Yuventus), Xans Nikolussi-Kavilya («Fiorentina»), Sandro Tonali («Nyukasl»);
Hujumchilar: Nikolo Kambyagi, Rikkardo Orsolini («Bolonya»), Franchesko Espozito («Inter»), Moyze Kin («Fiorentina»), Matteo Politano («Napoli»), Djakomo Raspadori («Atletiko»), Mateo Retegi («Al-Qodisiya»), Mattia Dzakkani («Latsio»).

Home
205