“Liverpul” Koutinoni ortga qaytarishga harakat qilib ko'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 755

Kataloniyaning “Barselona”klubi braziliyalik yarim himoyachi Koutinoni 80-90 million evroga sotmoqchi.
Leverkuzenning “Bayer” klubi futbolchisi Kay Xaverts yozgi tranfer bozorida “Liverpul”ning asosiy maqsadi bo'lib turibdi. Agar “Liverpul” ushbu transferni amalga oshira olmasa, u holda Filippe Koutinoni ortga qaytarishga harakat qilib ko'radi deya xabar tarqatmoqda AS nashri.
27 yoshli Koutino “Liverpul” tarkibida 5 yil to'p surdi va superyulduz darajasiga chiqdi. 2018 yilning qishida esa braziliyalik futbolchi 145 million evro evaziga “Barselona”ga ko'chib o'tdi.
Biroq, Filippe “Kamp Nou”da ochilib keta olmadi va Myunxenning “Bavariya” klubiga ijaraga berib yuborildi. “Bavariya” Koutinoni 120 million evroga sotib olish huquqini o'zida saqlab qolgan, biroq, germaniyaliklar bu imkoniyatdan foydalanish niyatida emas.

Bosh sahifaga
211