«Real» Benzemaning o'rniga hujumchi izlashni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 870

Madridning “Real” klubi Karim Benzemaning o'rniga hujumchi izlashni boshladi.
Tarqatilgan so'nggi ma'lumotlarga qaraganda, «qaymoqranglilar» “Liverpul” klubi hujumchisi Roberto Firmino uchun kurashga qo'shilishga tayyor.
Sir emaski, Zinedin Zidan Luka Yovichga ishonishda davom etayotganiga qaramasdan, uning ko'rsatayotgan o'yinidan qoniqish hosil qilmayapti. Qolaversa, Karim Benzema ham “Real”dan ketishi kundan kunga oydinlashib bormoqda.
Shu sababli, “Real” klubi rahbariyati Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi Roberto Firminoni asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda.
Xabarda yozilishicha, “Real” klubi braziliyalik futbolchi uchun yozda 80 million evro taklif qilib ko'radi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212