Ibrohimovich “Milan derbisi” tarixidan joy oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 358

Italiyaning «Milan» klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich printsipial raqib hisoblangan «Inter» klubi darvozasiga gol kiritdi.
Eslatib o'tamiz, birinchi bo'limning qo'shib berilgan daqiqalari o'tib borayotgan paytda Zlatan raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni 2:0 ko'rinishga olib keldi. Biroq, tanaffusdan keyin “Inter” klubi “Milan” darvozasiga to'rtta to'p kiritib, yakunda 4:2 hisobida g'alaba qozondi.
Zlatan kecha “Milan derbisi”da 38 yosh 129 kunligida gol kiritdi. U “Milan derbisi” tarixida gol kiritgan eng yoshi katta futbolchi sifatida o'rin oldi.
Ibragimovich hamyurti Nils Lidxolmni ortda qoldirdi. U “Milan derbisi”da gol urganida 38 yosh 43 kunlik edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178