Dzyudo. Sharofiddin Boltaboev Parij Katta dubulg'a turnirining kumush medalini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 288

Frantsiya poytaxtida dzyudo bo'yicha Katta dubulg'a turkumiga kiruvchi musobaqa o'z yakuniga etib bormoqda. Biroz avval -81 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Sharofiddin Boltaboev finalda qatnashdi.
Belgiyalik Mattias Kassega qarshi kechgan bahs “Oltin ochko”gacha davom etdi. Afsuski, polvonimiz mazkur bellashuvda shidolar bo'yicha imkoniyatni boy berdi va musobaqnang kumush medaliga sazovor bo'ldi. Afsuski, Kamoliddin Rasulov ham bronza medali uchun kechgan bahsda yaponiyalik raqibiga yutqazib qo'ydi. Bu qoraqalpog'istonlik dzyudochimizning Katta dubulg'a turnirlaridagi ilk medali hamdir. Shu bilan birga Boltaboev Tokio Olimpiadasi yo'lida 700 reyting ochkosiga ham ega bo'lmoqda.
Shu tariqa O'zbekiston terma jamoasi Parij Katta dubulg'a turnirini 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunladi. Kecha -73 kilogramm vazn toifasida Hikmatilloh To'raev ham shohsupaga ko'tarilgan edi.

Bosh sahifaga
195