Egor Krimets: «Derdiyo'q juda yaxshi inson va o'yinchi ekanligini ko'rsatdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 534
Xabaringiz bor, ertaga “Paxtakor” o'z maydonida OChL 1-turidan o'rin olgan bag'sda “Shabab Al Ahli”ni qabul qiladi. Bugun o'yin oldidan matbuot anjumani o'tkazildi. Dastlab Shota Arveladze va Egor Krimets savollarga javob berib o'tdi.
Egor Krimets: – Biz o'zimiz kutayotgan mavsumni boshlaymiz. Muxlislarni stadionga kelib, bizni qo'llab turishlarini so'rayman. Ularning ishonchini oqlashga intilamiz.
– Jamoaga yangi kelib, qo'shilgan Deydiyo'q haqida fikr bildirib o'tsangiz?
– Safimizga kelib qo'shilgan Derdiyo'q juda yaxshi inson va o'yinchi ekanligini ko'rsatdi. U bizga tez qo'shilib ketdi. Vaqt o'tishi bilan jamoaga yaxshiroq kirishib ketadi. Raqibdan biror o'yinchini ko'rsatib o'tirmasdim. Jamoaviy yaxshi o'ynashga intilishadi. Biz o'z futbolimizni namoyish etishga urinishimiz kerak.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
171