Shota Arveladze: «Vazifamiz – guruhdan chiqish»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 465
Xabaringiz bor, ertaga “Paxtakor” o'z maydonida OChL 1-turidan o'rin olgan bag'sda “Shabab Al Ahli”ni qabul qiladi. Bugun o'yin oldidan matbuot anjumani o'tkazildi. Dastlab Shota Arveladze va Egor Krimets savollarga javob berib o'tdi.
Barchani yangi boshlanayotgan mavsum bilan tabriklayman. Qanchalik qiyin guruhdaligimizni bilamiz. Ertaga o'z o'yinimizni ko'rsatib g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
Egor Krimets: – Biz o'zimiz kutayotgan mavsumni boshlaymiz. Muxlislarni stadionga kelib, bizni qo'llab turishlarini so'rayman. Ularning ishonchini oqlashga intilamiz.
Rahbariyat sizga qanday vazifa qo'ygan?
– Guruhdan chiqish.
– Jamoaning ruhiy holati qanday?
– Hozirgi holatimiz yaxshi, lekin o'n o'yin o'tkazganingda yaxshiroq vaziyatda bo'lasan. O'tgan yili ham biz uchun mavsum shunday boshlangandi. Raqibimiz hujumkor futbol o'ynaydigan jamoa. Tarkibida yaxshi futbolchilari bor. Chempionatida yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Barcha o'yinchi ertangi bellashuvda ishtirok etishga shay holatda turishibdi.
– Raqib haqida qanday fikr bildirasiz?
– Raqib hujumda juda kuchli. Shuningdek, himoyada ham kuchli. G'anievni qo'shib olgach ular yanada kuchaydi. Raqib safida individual mahoratga ega futbolchilar etarlicha. Menimcha, raqib ham futbol o'yynashni yoqtiradigan jamoa.
– Jamoaga yangi kelib, qo'shilgan Deydiyo'q haqida fikr bildirib o'tsangiz?
– Safimizga kelib qo'shilgan Derdiyo'q juda yaxshi inson va o'yinchi ekanligini ko'rsatdi. U bizga tez qo'shilib ketdi. Vaqt o'tishi bilan jamoaga yaxshiroq kirishib ketadi. Raqibdan biror o'yinchini ko'rsatib o'tirmasdim. Jamoaviy yaxshi o'ynashga intilishadi. Biz o'z futbolimizni namoyish etishga urinishimiz kerak.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
166