Gollandiyada yakshanba kungi o'yinlar bekor qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 398

Gollandiyaning Eredivizi rahbariyati, klublar, politsiya va boshqa organlar 9 fevral yakshanba kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvlarni xavfsizlik nuqtai nazaridan o'tkazmaslikka qaror qilishdi.
Buning sababi yaqinlashib kelayotgan «Kiara» bo'ronidir. Shamolning tezligi soatiga 120 kilometr etishi kutilmoqda.
Qarorga ko'ra, «Utrext» – «Ayaks», «Sparta» – «Den Xaag», «AZ Alkmaar» – «Feyenoord» va «Emmen» – «Tvente» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlar bosh muddatga qoldiriladi.
Qoldirilgan uchrashuvlarning sanalariga keyinroq aniqlik kiritiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171