«PSJ» himoyachisi «MYu»ga o'tmoqchi edi, ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 391

Frantsiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Toma Mene yanvar oyida «Manchester Yunayted» klubiga o'tmoqchi edi deya xabar bermoqda Le Parisien.
Mene bolaligidan «qizil iblislar»ning muxlisi sanaladi va u “MYu”dan taklif bo'lishini kutgandi, lekin bu amalga oshmadi.
Qayd etish kerakki, 28 yoshli belgiyalik himoyachisi “PSJ” tarkibida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Menening parijliklar bilan tuzilgan shartnomasi shu mavsumning oxirigacha mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi 30 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269